Arizalar darhol yetib keladi
Facebook va Instagram lid formalaridan tushgan har bir ariza ism, telefon va qaysi reklamadan kelgani bilan birga jamoangizga soniyalar ichida yuboriladi.
LaevZanjir Facebook va Instagram reklamangizdan kelgan har bir arizani soniyalar ichida jamoangizga yetkazadi, uning holatini kuzatib boradi va reklama natijalarini bitta shaxsiy panelda ko'rsatadi.
Biznes egasi va uning jamoasi uchun kerakli hamma narsa: arizani o'tkazib yubormaslik, natijani ko'rish va balansni nazorat qilish.
Facebook va Instagram lid formalaridan tushgan har bir ariza ism, telefon va qaysi reklamadan kelgani bilan birga jamoangizga soniyalar ichida yuboriladi.
Menejerlar har bir lidga holat belgilaydi. Qaysi bosqichda nechta lid turganini, qaysilari hali ko'rilmaganini doim bilasiz.
Sarflangan summa, lidlar soni, bitta lid narxi va kunlik byudjet — har bir reklama bo'yicha alohida, tushunarli ko'rinishda.
Reklama balansini CLICK, Payme yoki Paynet orqali onlayn to'ldirasiz. Har bir to'ldirish, reklama sarfi va xizmat haqi tarixda ko'rinib turadi.
Kunlik va davriy hisobotlar o'zi tayyorlanadi: qancha sarflandi, nechta ariza keldi, bir lid qanchaga tushdi.
Lidlar, reklama, hamyon va hisobotlar bitta panelda. Login va parol bilan istalgan brauzerdan — telefon yoki kompyuterdan kirasiz.
Biznesingiz, mahsulotingiz va maqsadingizni o'rganamiz, reklama kabineti va lid formalarini ulaymiz.
Facebook va Instagram'da reklama yoqiladi, xarajat balansingizdan shaffof tarzda yechiladi.
Har bir yangi ariza menejerlaringizga darhol boradi, ular mijoz bilan bog'lanib, holatini belgilaydi.
Natijalar, balans va hisobotlarni shaxsiy panelda ko'rasiz va kerak bo'lsa balansni onlayn to'ldirasiz.
Menejeringiz bergan login va parol bilan kiring. Panel telefonga ham, katta ekranga ham moslashgan.
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan bog'lanib, xizmat biznesingizga qanday mos kelishini tushuntiradi.